                To`qqizinchi sir 
   EHTIROS QUVVATI
Ertasiga yigitcha ro'yxatdagi to'qqizinchi kishining ishxonasida o'tirardi.
Uning ismi Piter Serjent yirik reklama agentligining rahbari bo'lib , uning shaxar janubiy-sharqiy qismi manzarasi to'la ko'rinadigan eng oxirgi qavatdagi katta burchaksimon xonasi bor edi.
- Haqiqiy Muhabbat sirlari haqida ilk bor o'n yil burin eshrtgandim, - dedi janob Serjent. - Buni xuddi kechagidek eslayman. Ishxonamdagi ishlarim ko'payib ketib, ancha ushlanib qoldim, vaqt kech soat sakkiz atrofida edi. Stoldagi narsalarni yig'ishtirarkanman, xotinim bilan ajrashmoqchiligimni unga qanday aytishni o'ylardim. Bu to'g'rida bir necha haftadan beri o'y surardim. Qachonlardir biz birimizni telbalarcha sevardik. Qachon va qayerdaligini bilmayman-u, lekin buning hammasi yemirila boshlandi. Bir-birimizni yaxshi ko'rmay qolganimizning qandaydir lahzasimi, soatimi yoki kunimi, aniq fursati bo'lganmi? Hech bir anig'ini xotirlay olmasdim. Biz borini yo'qotganimizni bilardim, xolos. Nikohimizda Muhabbat yo'q edi, o'zimizni bilmaslikka olardik. Hatto dam olish kunlari ham kam birga bo'lardik. O'sha oqshomga bu soxtalikka chek qo'yish fursati yetdi, deya ahd qildim. Yagona qaror ajrashish edi.
To'satdan xona eshigi ochildi va farrosh kirib keldi, u Betxovenning Beshinchi simfoniyasini hushtak qilib chalayotgan keksa xitoylik edi.
 Men undan nimaga bunchalak baxtiyorligini
so'radim va u javob berdi:
Qanday baxtiyor bo'lmay, axir sevaman-ku.
Sevaman?   Bu o'tmishingizda qolmaganmi?.
Muhabbatim tufayli, javob berdi u,  o'zimni yosh va tetik sezmoqdaman.
Bu hoynahoy g'oyat ajoyib tuyg'u bo'lsa kerak,  dedim men.
Ha,  jilmaydi u.  Lekin sizday odam muhabbatga mubtalo bo'lish nimaligini bilishiga imonim komil.
To'g'risini aytganda, bunga ko'p vaqt bo'ldi,  javob berdim.
Siz xuddi bir tanishim kabi so'zlayapsiz,  dedi u.  O'sha do'stimning oilaviy munosabatlarda muammolari bor. U xotinini tashlab ketmoqchi.
Tomog'imga nimadir tiqilgandek bo'ldi va ko'ksim taranglashdi, chol esa gapida davom etardi:
Ular qachonlardir bir-birlarini g'oyat sevganlar, lekin yillar o'tib, bir-birlaridan uzoqlashdilar. Nima uchunligini bilasizmi? Men boshimni chayqadim. Chunki ular Haqiqiy Muhabbat sirlarini unutdilar!.
O'shanda ular to'g'risida birinchi bor eshitdim. U o'nta abadiy tamoyillar yordamida muhabbat va rostmana mehrli munosabatlarni... juda ko'p miqdorda yaratish mumkinligini tushuntirdi. Bunga hatto ishonmasdan qaradim. Bu sirlar qanday bo'lishidan qat'i nazar, ular xotinim bilan munosabatlarimni o'zgartirishga yordam berishi mumkinligiga ishonolmasdim. Nikohimiz allaqachon barbod bo'lganday tuyulardi, lekin keksa xitoylikni bir jihati odob saqlab, bir jihati qiziquvchanligim bois eshitishimga sababchi bo'ldi va uning aytganlarining ko'pi oqilona fikrlar ekanligini tan olmog'imga to'g'ri keldi. Ketishidan oldin qariya o'nta ism va telefon raqami ro'yxati yozilgan bir varaq qog'oz berdi hamda muhabbat sirlari quvvati to`g`risida ko`proq bilish istagida bo`lsam kishilar bilan uchrashmog'im zarurligini aytdi.
Qog`ozni cho'ntagimga solib, narsalarni yig'ishtirib uyga ketishga chog'lanayotganimda xona eshigi yana ochildi va farrosh ayol kirdi. Uning hamkasbi xonani tozalab ketganmi aytdim. Uning javobidan go'yo badanimda chumoli o'rmalagandek bo'lib ketdi -gapiga qaraganda, hech qanday hamkasbi bo'lmagan ekan. Bu xonalarning yagona farroshi uning o'zi ekan.
O'sha zahoti maishiy xizmatlar firmasiga qo'ng'iroq qildim va ular ro'yxatida bunday odam yo'qligini tasdiqlashdi. Bu to'la jumboq edi. Umrimda anchadan beri bunday hayajonli voqealar sodir bo'lmagandi. Shunchalik qiziqishim ortdiki, ro'y bergan voqeani kimgadir aytib berishim darkor edi. Garchi bunday hol kamdan kam bo'lsa-da, ishxonamdan xotinimga qo'ng'iroq qildim. Avvaliga u qandaydir noxush voqea ro'y berdi, deb o'ylabdi, lekin nima bo'lganini aytib berganimdan keyin xuddi men kabi uning ham qiziqishi tobora ortib ketdi, To'g'ri uyimga yo'l oldim, bu bir necha oylardan beri kechki taomni birgalikda o'tirib yeb, rostmana suhbatlashgan birinchi oqshom edi. Biz keksa xitoylikning kimligi va Haqiqiy Muhabbatning mohiyati nimadaligini aniqlashga harakat qilib, go'yo sarguzashtga birga kirib qolgandek edik.
Xotinim bilan birga keyingi bir necha hafta davomida qariya ro'yxatidagi kishilar bilan uchrashdik va bu sirlar hayotimizga qanday ta'sir ko'rsatganidan tom ma'noda hayratlandik. Shunday oddiy narsalar hayotda shu qadar muhim bo'lishi mumkinligiga hech qachon ishonmagan bo'lardim. Turli narsalar ro'y bera boshladi: nafaqat munosabatlarimiz yaxshilandi va oilamizga avvalgi muhabbat qaytdi, balki, shuningdek, do'stlarimiz,
qarindoshlar va ishxonadagi hamkasblar bilan munosabatimiz ham o'zgardi. Kunlardan birida uyg'onib nima bo'lganini angladim: men yana sevib qoldim, nafaqat xotinimni, balki hayotni yana sevib qoldim.
  Bu sirlar sizga rostdan ham shunchalar zo'r yordam berdimi?  so'radi yigitcha.
__ Ha. Har bir sir hayotimga yangi o'lchov qo'shdi, lekin o'shanda menga hammasidan ziyod yordam bergani... kuchli ehtiros quvvati bo'ldi.
  Ehtiros?  xitob qildi yigitcha yon daftarchasidan nigohini uzib.. Lekin o'ylashimcha, muhabbat va jinsiy mayl boshqa-boshqa narsalar.
 To'g'ri,  dedi janob Serjent.  Lekin ehtiros jinsiy mayl bilan chegaralanmaydi. Ehtiros  bu chuqur qiziqish va ishtiyoq. Siz birovni,  kimni yoki hatto nimanidir,  ehtiros bilan sevsangiz, u haqda chin dildan qayg'urasiz, uning sog'-salomat bo'lishi uchun doimo g'amxo'rlik qilasiz. Shu sababli nimagadir nisbatan ehtirosni yo'qotganda muhabbat tuyg'usini ham yo'qotamiz. Basharti biror kimsaga nisbatan qiziqishing yoki ishtiyoqing yo'qolsa, u odamni sevish qiyin.
- Ha, rostdan ham qiyin,  dedi yigitcha.
- Haqiqiy mehrli munosabatlar uchun ehtiros zarur,  tushuntirdi janob Serjent.  Mana shu sababdan ko'pchilik o'zaro munosabatlar shunday yaxshi boshlanadi. Boshida ikkalasi odatda bir-birini qattiq ehtirosli sevadilar. Ular ikkalasi odatda bir-biroviga hayajon, quvonch va ishtiyoq bilan munosabatda bo'ladilar. Muammo shundaki, toza jinsiy moyillik davomli emas. Zerikarli hamda qiziqarlimas bo'lib qoladi.
Ehtiros - muhabbatni alanga oldiruvchi va oziqlantiruvchi o'sha sehrli uchqundir; agar bu uchqunni yo'qotsang, munosabatlar asta-sekin o'ladi. Darhol bo`lmasa ham, lekin qandaydir vaqt o`tgan sari bu albatta ro'y beradi. Munosabatlar mehrdan boshlanadi, hammasi sehrli ravishda davom etadi, bir kuni uyg'onganingda, ehtiros yo'qolganini sezasan va endi sevmaysan.
Xotinim va o'zim bilan xuddi shu hol ro'y ber gandi - ehtiros, mehr va romantika yo'qoldi.
Lekin, yo'qolgan chog'da ularni qaytarish uchun nima qilish kerak? - so'radi yigitcha
- Ularni yaratish kerak! - dedi janob Serjent
 Ehtirosni qanday yaratish mumkin?  so'radi yigitcha.  Bu tanadagi kimyoviy jarayonlarga o'xshaydi deb o'ylardim. Ular yoki bor, yoki yo'q.
- Ehtiros bu bir narsaga qiziqishni yo'naltiruvchi shunchaki yetib bo'lmas quvonch yok ishtiyoq,  sharhladi janob Serjent.  Uni tanadag kimyoviy jarayonlar yoki kuchli jinsiy mayl qo'llab-quvvatlashi mumkin, lekin jismoniy ehtiros odatda uzoq davom etmaydi va abadiy mehrli munosabatlarga asos bo'lolmaydi. Ancha kuchli ehtiros vujudga keladi. Birovga nisbatan qiziqish, hayajon va ishtiyoq bilan munosabatda bo'lgan chog'imizda unga nisbatan ehtirosni his qilamiz. Insonlar orasidagi munosabatlarda bu doimo sizni qiziqtirgan va quvontirgan o'zga odamning sifatlari va o'ziga xos xususiyatlariga e'tibor qaratishni bildiradi.
  Bularning barchasi go'zal va yoqimli eshitiladi,  dedi yigitcha,  lekin ba'zan o'zga kishidagi hech narsa seni umuman qiziqtirmaydigan, quvontinnaydigan darajagacha borasan.
 U holda undagi rostdan qiziqtiradigan va quvontiradigan narsani topish kerak. Aks holda, munosabatlar ehtirosdan mosuvo bo'ladi va bu ro'y bergan chog'da har ikkala inson o'zaro munosabatlarda baxtli bo'lishiga shubha bor.
- Bilasizmi,  ovoz chiqarib tafakkur qilardi yigitcha, - sizni haqlisiz, deb o'ylayman. O'zaro munosabatlarimning ko'pi boshlanishga ulgurmay tugardi, chunki zerikib qolardim va o'zga odamga nisbatan qiziqishim yo'qolardi. Boshida hammasi yangi, hayajonli edi, lekin bir-birimizni yaxshiroq bilganimiz sari, munosabatlarimiz quruq va zerikarli tus olardi. Buning oldini olish niumkinmi? Ehtiros va zavq so'nib qolmasligi uchun aniq nima qilish mumkin?
 Insonlar orasidagi munosabatlarda ehtirosni qo'llab-quvvatlashning bir nechta usuli mayjud,  tushuntirdi janob Serjent.  Birinchidan, o'zaro munosabatlarni qayta tiklab, o'tmishdagi hodisalarni, siz uni his etgan chog'ingizni qayta jonlantirish mumkin. Masalan, xotiningiz bilan asal oyida birga bo'lgan mehmonxonaga qaytishingiz mumkin yoki birinchi uchrashuvda borgan restoranga yana qayta borish mumkin.
Munosabatlaringizga kutilmagan narsalarni kiritish ham mumkin. Gohida sherigingizga hech kutilmagan sovg'alar qilib, uning kulgisi va tabassumini chaqiring, shunda  ajib g'aroyibot ro'y beradi... sherigingiz ham xuddi shunday javob beradi va chehrangizda tabassum keltirishga intiladi. Tez orada sizning munosabatlaringiz kutilmagan sovg'alarga to'lib ketadi. Masalan, xotinim ikkimiz hech bo'lmaganda oyiga bir marta uchrashuv o'tkazishga harakat qilamiz. Bir oyda men nima bilan mashg'ul bo'lishimizni tanladim, xotinim qayerga borishimizni keyinroq bildi, keyingi oyda xotinim tanladi va o'sha oqshom men uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi. Biz bir-birimizga nima sodir bo'lishidan qat'i nazar, har oyda uchrashuv-sovg'alarimiz doimiy ravishda o'tkazilishini va'da berdik. Birinchi bor ehtiros quvvati to'g'risida bilganimda, xotinim yoqtiradigan ishlarni ongli ravishda qila boshladim; unga kichkina sovg'a-syurprizlar sotib olardim, ko'p vaqtimni u bilan uyda o'tkazardim va uning hayoti bilan qiziqardim.
 Demak,  o'sha paytgacha uning hayotiga qiziqmagan ekansiz-da?  so'radi yigitcha
- Albatta, av aliga qiziqardim, lekin keyinchalik
hammasi odatiy holga aylandi. Har bir kun xuddi
kechagidek edi va ehtimol, bir xillikda kechgan yillar
bir-birimizga nisbatan kechirgan ehtirosni so'ldirgan
bo'lsa kerak. Ishga shunchalik sho'ng'ib ketgandimki,
xotinimning o'ziga xos hayotiga e'tibor bermay
qo'ygandim. Uning kuni qanday o'tgani, nima bilan
mashg'ul bo'lgani haqida so'ramasdim, lekin uning
hayotiga qandaydir qiziqish bildira boshlashim bilan,
nimadir ro'y berdi... u men bilan va hayotim bilan
ko'proq qiziqa boshladi.
Har birimizga hayotda baxtiyor bo'lmog'imiz uchun ehtiros-la yaxshi ko'ra oladigan narsalar va insonlar kerak. Biz o'z ishimizni, o'z qarashlarimiz va dam olish usullarimizni berilib sevishimiz mumkin, lekin hammasidan ko'ra biz uchun muhim bo'lgan insonlarni ehtiros-la sevish kerak. Muhabbat va baxtning mohiyati bitta: faqat har kuni ehtiros bilan yashash kerak.
Bu oqshom yigit janob Serjent bilan uchrashganida yozganlarini takror o'qidi:

  Haqiqiy Muhabbalning to'qqizinchi siri  ehtiros quvvati

- Ehtiros muhabbatni alangalatadi va uning so'nishiga yo'l qo'ymaydi.
-  Abadiy ehtiros nafaqat jismoniy moyillik, balki chuqur sadoqat, ishtiyoq, qiziqish va quvonchli hayajon yordamida vujudga keladi.
- Siz berilib his etgan chog'ingizdagi o'tmish vaziyatlarni qayta tiklab, ehtirosni qayta tiklash mumkin.
-  Kutilmagan sovg'alar va o'z-o'zidan sodir bo'luvchi voqealar ehtirosni vujudga keltiradi.
- Muhabbat va baxtning mohiyati bitta: faqat har kuni ehtiros-la yashash kerak.